35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
#Chinoz_tumani 📌 Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi


🔰 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Ra'no Fozilova hamda a'zosi Laziza Sobirjonovalar tomonidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Chinoz tumani bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

❇️ O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan mahallalarda aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda davlat dasturlari ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

📋 Shuningdek, mahallalarda olib borilayotgan tashkiliy ishlar, fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, mahalla yettiligi faoliyati samaradorligi, aholi bilan ishlash tizimi hamda sektorlar va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari yuzasidan bo‘lim mas’ullari bilan fikr almashildi.

♻️ O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tizim faoliyatini yanada takomillashtirish, mahallalarda samarali boshqaruvni ta’minlash, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3