35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Deputat Ag‘ron mahallasida qurilayotgan yangi bino holatini o‘rgand

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Norkarayev tomonidan Ag‘ron mahallasida qurilayotgan yangi mahalla binosining qurilish jarayoni joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida deputat Ag‘ron mahallasi raisi bilan uchrashib, qurilish ishlari holati, mavjud muammolar hamda binoni o‘z vaqtida va sifatli foydalanishga topshirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.

Shuningdek, aniqlangan muammolar yuzasidan tuman hokimligining tegishli mas’ul xodimlari bilan muloqot o‘tkazilib, mahalla binosini zarur qurilish materiallari hamda mebel jihozlari bilan ta’minlash maqsadida mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Deputat tomonidan mahalla binosining qurilishini belgilangan muddatlarda yakunlash, aholiga zamonaviy va qulay sharoitlarda xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan amaliy choralarni ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ustidan deputatlik nazorati olib borilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berib borilmoqda.

Slide 1 of 3