35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Aholi o‘rtasida “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi N.Murodova hamda deputatga biriktirilgan tashkilot hodimi bilan hamkorlikda 4–Qo‘rg‘oncha saylov okrugida joylashgan Qo‘rg‘oncha mahallasining Tepalik qishlog‘ida aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil
17-fevraldagi “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi O‘RQ–604-son Qonunining mazmun-mohiyati, mazkur qonun bilan tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, investitsiyalarni jalb etish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish hamda hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirishga qaratilgan normalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda amaldagi qonunchilikda belgilangan imtiyoz va preferensiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiya va tushuntirishlar berildi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan amaldagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va qonunlarning ijrosini ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6