35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Mahalla faollari bilan uchrashuvda dolzarb masalalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi S.Zoirova hamda deputatga biriktirilgan tashkilot hodimi bilan hamkorlikda 23–Xalqobod saylov okrugida joylashgan Xalqobod mahallasi faollari va oqsoqollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida mahalla binosini munosib holatga keltirish, zarur sharoitlarni yaratish hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bilan bog‘liq mavjud muammolar o‘rganildi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida deputat tomonidan Nurobod tumani hokimining birinchi o‘rinbosari R.Niyazov nomiga deputat so‘rovi yuborildi. Unda Xalqobod mahalla fuqarolar yig‘ini binosi uchun zarur mebel va jihozlar hamda qurilish materiallarini xarid qilish maqsadida mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish so‘raldi.

Shuningdek, uchrashuv davomida mahalladagi boshqa dolzarb masalalar ham muhokama qilinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan saylov okruglarida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazish, hududlardagi muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3