35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Deputat ijtimoiy xizmatlar sifati hamda ijtimoiy yordamlar tayinlanishi jarayonini o‘rgandi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna 8-Lutfiy saylov okrugi hududidagi "1-Qatortol" mahallasida bo‘ldi.

O'rganish davomida deputat mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va samaradorligini o‘rgandi.

Shuningdek, kam ta’minlangan oilalar hamda ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda ularni belgilangan tartibda to‘lash jarayonlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish amaliyoti va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimining holati atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3