35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Inson qadri va xalq manfaatlari ustuvordir

 Inson qadri va xalq manfaatlari ustuvordir 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati B. Jabbarov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi S. Matyaqubovalar Shixmashhad mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati hamda fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlarga doir holatni o‘rgandilar. 

O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi tomonidan aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy muammolarni joyida hal etish va davlat organlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Ta’kidlanganidek, mahalla tizimi bugungi kunda davlat va xalq o‘rtasidagi ishonchli ko‘prik sifatida faoliyat yuritmoqda. Deputatlik nazorati doirasida bunday o‘rganishlar fuqarolarning manfaatlarini ta’minlash, mahallalarda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni mustahkamlash hamda Yangi O‘zbekistonda inson qadri va xalq manfaatlarini ustuvor etishga qaratilgan islohotlar ijrosini samarali ta’minlashga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 1