35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Deputat mahallada Fayzobod MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish holati o‘rganildi

Fayzobod MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish holati o‘rganildi

Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati, ayniqsa "qizil" va "sariq" hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar 15-Fayzobod saylov okrugi deputati D. Komilovaga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi G. Xudoyqulova tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida quyidagi holatlar aniqlandi va muhokama etildi:

Hudud toifasi: Ma’lum bo‘lishicha, Fayzobod MFY jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha "sariq" hudud toifasiga kiritilgan.

Profilaktik tadbirlar: Ushbu toifadan kelib chiqqan holda, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi o‘rtasida huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilganligi ko‘zdan kechirildi.

Kelgusidagi vazifalar: Hududni "yashil" toifaga o‘tkazish uchun mahalla "yettiligi" bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda aholining asosiy qatlamini qamrab olish ko‘zda tutilgan.

Fayzobod MFYda huquq-tartibotni ta’minlash, jinoyatchilikni jilovlash hamda aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlar deputatlik nazorati ostida davom ettirilmoqda.

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/ Instagram(https://www.instagram.com/piskent_tuman_kengashi?igsh=MXY1ZzNjYXhweG1oZw