35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
#172_qonun

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-iyuldagi 460-son qarori bilan ish beruvchilar tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini davlat byudjetidan to‘liq qoplab berish tartibi tasdiqlangan.

🔹 Mazkur qarorning asosiy maqsadi:

yoshlarni rasmiy ish bilan ta’minlashni rag‘batlantirish;

ish beruvchilarning moliyaviy yukini kamaytirish;

yoshlar bandligini oshirish va ularning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish;

mehnat munosabatlarini qonuniy asosda rasmiylashtirishni kengaytirish.

Ushbu mexanizm orqali ish beruvchilar 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘lagan ijtimoiy soliq summasini belgilangan tartibda davlat byudjetidan qoplab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Mazkur qaror yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnat bozoridagi faolligini oshirish va tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram

Slide 1 of 1