35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Deputat o‘z okrugidagi mahallalarda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida mahallada xonadonma-xonadon yurilib, «Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla» tamoyili asosida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, ko‘cha va ichki yo‘llarning holati, xonadonlar va tomorqalarning ozodaligi, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya talablariga rioya etilishi hamda aholi ishtirokida olib borilayotgan xayriya va hashar tadbirlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mahalla faollari va fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, aholini qiynayotgan masalalar tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish hamda aholi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Mahallalarda amalga oshirilayotgan bunday o‘rganishlar hududlarni obod qilish, aholi uchun yanada qulay va farovon yashash muhitini yaratish hamda davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3