35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi doimiy komissiyalar yig‘ilishida muhokama qilindi

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori ijrosi doirasida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi Termiz shahar bo‘limi boshlig‘i F.Xalmuratov axborot berib, may–iyun oylarida besh muhim tashabbus doirasida o‘tkazilgan tanlov va musobaqalarning shahar bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalarni qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlash marosimlarini tashkil etish uchun “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish bo‘yicha takliflarni taqdim etdi.

Muhokamalar davomida komissiya a’zolari mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, yoshlarni sport, madaniyat va ijodiy faoliyatga keng jalb etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

Yig‘ilish yakunida mazkur masalani batafsil ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish uchun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 4