35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
янв.21
“Аёллар дафтари” доирасида амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди
JAMBUL MAHALLASIDAGI LOYIHA IJROSI NAZORATGA OLINDI: ISHLAR JADALLASHTIRILMOQDA

 Urganch shahridagi “Jambul” mahallasi hududida tashlandiq holatda yotgan maydonni obod qilish bo‘yicha belgilangan drayver loyihaning boshlanish bosqichi biroz sust ketayotganligi aniqlandi.  

Shu sababli, Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyev mahalla raisi ishtirokida hududga chiqib, mavjud holatni joyida atroflicha o‘rgandi. 

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan shahar hokimi B.Radjapovga batafsil axborot berildi. Loyihaning ijrosini tezlashtirish va ishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha shahar hokimligi bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. 

Olib borilgan muzokaralar va hamkorlikdagi sa'y-harakatlar tufayli bugunning o‘zida hududga hamkor tashkilotlarning 10 ta maxsus texnikasi safarbar etilib, amaliy ishlar boshlab yuborildi. Ertadan e’tiboran hududda belgilangan barcha bunyodkorlik loyihalari yuqori sur’atlarda davom ettiriladi. 

Slide 1 of 2