35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Deputatlik so‘rovi ijrosi yuzasidan amaliy ishlar amalga oshirilmoqda

So‘rovda hududdagi muddatini o‘tab bo‘lgan yog‘och elektr tayanchlari aholi xavfsizligiga tahdid solayotgani, kuchli shamol va noqulay ob-havo sharoitlarida elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelishi mumkinligi ta’kidlanib, mavjud tayanchlarni zamonaviy temir-beton ustunlarga almashtirish hamda elektr tarmoqlarini yangilash bo‘yicha choralar ko‘rish masalasi ko‘tarilgan.

💬 Mazkur deputat so‘rovi yuzasidan Termiz shahar Elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 2026-yil 3-iyun kuni 38/265-sonli rasmiy javob xati taqdim etildi. Unda bildirilishicha, mutaxassislar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan va “Abdurahmon Jomiy” mahallasida aholini sifatli hamda uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida eskirgan yog‘och tayanchlarni beton tayanchlarga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

🫥Shuningdek, hudud Termiz shahar hokimligi tomonidan ustuvor e’tibor talab etadigan hudud sifatida belgilangan bo‘lib, qurilish tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida rekonstruksiya ishlari jadal sur’atlarda olib borilayotgani qayd etildi.

💬 Deputatlik nazorati orqali ko‘tarilgan muammolarning amaliy yechim topayotgani aholi murojaatlari e’tibordan chetda qolmayotganining yana bir tasdig‘idir.

Slide 1 of 4