35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Deputat o‘rganishi: Qaymoqliguzar mahallasida hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati J.Xusanov tomonidan o‘z saylov okrugi hududidagi «Qaymoqliguzar» mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi A.Qosimov faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolarni daromadli mehnat bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xususan, mahalla fuqarosi Yu.Mirzaaxmedovaga Biznesni rivojlantirish banki Qo‘qon filiali tomonidan 100 million so‘m kredit mablag‘i ajratilganligi hamda ushbu mablag‘lar hisobidan tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilgani joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Samarqand ko‘chasida joylashgan mahallaga tegishli binoda tashkil etilgan ishlab chiqarish faoliyatida ko‘rpa va adyollar tayyorlanayotgani, ishlab chiqarish jarayoni hamda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish yakunida ajratilgan kredit mablag‘laridan samarali foydalanish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Mahallalarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar deputat nazoratida davom etmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 9