35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 2026-yil 2-iyun kuni Zarbdor tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishini Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi raisi Anvar Aralov olib bordi.da deputatlar, tuman hokimi o‘rinbosarlari, mas’ul idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Kun tartibiga muvofiq, sessiyada tumanning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga daxldor bo‘lgan quyidagi muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi:
Obodonlashtirish xizmatlari to‘lov tariflari: Tuman markaziy ko‘chalari bo‘yidagi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish hamda hududlarni obodonlashtirish xizmati to‘lov tariflari tasdiqlandi.
Ichki yo‘llar ta’miri: Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2026-yilgi “Manzilli ro‘yxati”ga kiritilgan o‘zgartirishlar ma’qullandi.
Infratuzilmaviy muammolarni hal etish: Tumanda aholi turmush tarziga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar uchun mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan Kengashning tegishli qarorlari qabul qilinib, mas’ullarga ijro muddatlari belgilab berildi.

Slide 1 of 16