35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 8-Istiqlol saylov okrugidan saylangan deputat Ashurov Baxodir Maxamadaliyevich o‘zi saylangan okrugdagi “Yangiobod” mahallasida bo‘lib, “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar bilan
ishlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi. Deputat mahalla xotin-qizlar faoli faoliyatining samaradorligiga alohida e’tibor qaratib, oilaviy muhitni mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.Shuningdek, xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy faolligini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi hamda mahallada xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
  

Slide 1 of 4