35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
#tavsiyalar_asosida
#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Shohijahon Isamutdinov hamda mutaxassislar Ilhom Ikromov va Zilola Temirova Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish va sanitariya holatini o‘rgandilar.
O‘rganish jarayonida ko‘chalar, piyodalar yo‘laklari, yashil hududlar hamda jamoat joylarining holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Mahalla hududida tozalikni saqlash, daraxt va gul ko‘chatlarini parvarishlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda aholi uchun qulay va ozoda muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilar tomonidan ayrim yo‘nalishlarda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shuningdek, hududni yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda fuqarolarning bu boradagi faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, ozoda va obod mahalla — aholi farovonligi hamda sog‘lom turmush tarzining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shu bois bu boradagi ishlarni tizimli davom ettirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.



Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 6