35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 4-Farhod saylov okrugi deputati A.Bo‘tayev tomonidan “Navro‘z” mahallasida “mahalla yettiligi” hamda saylovchilar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida saylovchilar bilan ochiq fikr almashilib, mahalladagi mavjud muammolar, amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan atroflicha suhbat olib borildi.

Muloqot jarayonida saylovchilar tomonidan mahallaning ichki yo‘llari holati, ayniqsa yog‘ingarchilik kunlarida harakatlanish qiyinlashib, fuqarolar uchun noqulayliklar tug‘dirayotgani ta’kidlandi.

Mazkur masala yuzasidan deputat tomonidan “Navro‘z” mahallasining ichki yo‘llarini bosqichma-bosqich tartibga keltirish, ularni tekislash ishlari amalga oshirilayotgani hamda yaqin kunlarda asfaltlashtirish ishlari boshlanishi rejalashtirilganligi ma’lum qilindi.

Uchrashuv yakunida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4