35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
#tavsiyalar_asosida
#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov, mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar Istiqlol mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanish darajasi o‘rganildi.

Fuqarolarga ajratilgan imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va boshqa ko‘mak turlarining manzilli yetib borishi, ulardan foydalanish natijasida erishilgan samaralar joyiga chiqib tahlil qilindi. Shuningdek, ayrim xonadonlar faoliyati ko‘zdan kechirilib, aholining mavjud ehtiyojlari va takliflari tinglandi.

O‘rganish yakunida davlat imtiyozlaridan foydalanish ko‘rsatkichlarini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi daromadlarini ko‘paytirishga qaratilgan vazifalar yuzasidan fikr almashildi. Mahallada olib borilayotgan ishlar hududni rivojlantirish va fuqarolarning turmush sifatini yaxshilashga xizmat qilayotgani qayd etildi.


Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 4