35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Kengash qarori ijrosi o'rganildi

Kengash qarori ijrosi o'rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri K. Muhammadiyev tuman Kengashining 2026-yil 19-martdagi VII-18-24-8-113-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tasdiqlangan dastlabki manzilli ro‘yxat asosida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Jumladan, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga kiritilgan “Buyuk kelajak” mahallasidagi Qo‘ng‘irot ota qabristoniga olib boruvchi “Farovon” ko‘chasida Qiziriq tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan asfaltlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida bajarilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan me’yor va standartlarga muvofiqligi, yo‘l qoplamasining mustahkamligi hamda ishlarning o‘z vaqtida va sifatli yakunlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mas’ullar bilan mavjud holat muhokama qilinib, ishlarni sifatli tashkil etish va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#K_Muhammadiyev

Slide 1 of 4