35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Hududlarda infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish ishlari davom etmoqda xususan A.Yassaviy MFYda Ziyo ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi o‘rganildi.

O‘rganishda kotibiyat mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova  va mahalla raisi ishtirok etdilar.

O‘rganish davomida ko‘chaning qatnov qismida nosozliklar mavjudligi, ayniqsa yog‘ingarchilik mavsumida yo‘l yaroqsiz holga kelib, aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgani aniqlandi. Bu holat fuqarolar murojaatlarining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qarori mazmun-mohiyati o‘rganilib, unda ichki yo‘llarni ta’mirlash va saqlash ishlari mahalliy budjet mablag‘lari asosida amalga oshirilishi, manzilli ro‘yxatlar shakllantirilishi hamda avariya holatlarida qo‘shimcha obyektlarni dasturga kiritish tartiblari belgilab qo‘yilgani qayd etildi.

O‘rganish yakunida Ziyo ko‘chasini asfaltlashtirish masalasini hal etish yuzasidan deputatlar romonidan mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 4