35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Yoshlar bandligi va ta’limiga qaratilgan e’tibor o‘z samarasini bermoqda

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan o'z saylov okrugi hududida joylashgan «Qushchinor» mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan ishlash tizimi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar natijalari bilan yaqindan tanishish uchun yoshlar yetakchisi M.Mahmudova va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamov bilan birga joyiga chiqgan holda o'rganish ishlarini olib borishdi.

Jumladan, mahalla yoshlaridan Isroilov Abduvohidga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 30 million so‘m kredit ajratilgan. Bugungi kunda u tikuvchilik sexi tashkil etib, 20 nafar fuqaroni doimiy ish bilan ta’minlashga erishgan.

Shuningdek, Ismoilova Maryam vaucher asosida tikuvchilik kasbini o‘rganib, hozirda Qo‘qon universitetining kompyuter texnologiyalari yo‘nalishida bepul tahsil olmoqda.

Bu kabi natijalar mahallalarda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlarning amaliy samarasidir.

Yoshlarning bilim olishi, kasb egallashi va tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bundan buyon ham kengaytirib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4