35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Bugun xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi videoaloqa (video chat) shaklida bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni ijrosini ta’minlashga qaratildi.

Xususan, mazkur Farmonga asosan tuman hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini samarali va maqsadli yo‘naltirish masalalari deputatlar hamda soha mas’ullari ishtirokida masofadan turib, jonli muloqot formatida atroflicha muhokama qilindi.

Onlayn muloqot davomida deputatlar tomonidan jamg‘arma mablag‘larini birinchi navbatda tumandagi eng dolzarb muammolarni hal etishga yo‘naltirish zarurligi alohida ta’kidlandi:

Ichki yo‘llar va kommunikatsiya: Mahallalardagi ichki yo‘llarni ta’mirlash va infratuzilmani yaxshilash;

Ijtimoiy soha obyektlari: Maktab, bog‘cha va tibbiyot maskanlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;

Ijtimoiy barqarorlik: Aholi hayot sifatini oshirishga qaratilgan manzilli loyihalarni moliyalashtirish.