35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Yoshlar bilan ochiq muloqot va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Yoshlar bilan ochiq muloqot va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

📇 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi "Yoshlar maslahat guruhi" faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Uchtepa tumanida ochiq muloqot tashkil etildi.

🇺🇿 Unda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari Sarvar Irgashev hamda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov ishtirok etib, Uchtepa tumani Kengashi huzuridagi "Yoshlar maslahat guruhi" a’zolari va faol yoshlar bilan fikr almashdilar.

💬 Muloqot davomida Yoshlar maslahat guruhlarining asosiy vazifalari, jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash, iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, hududlarda mavjud muammolarni o‘rganish, yoshlar ehtiyojlaridan kelib chiqib takliflar ishlab chiqish hamda “Yoshlar va deputat” uchrashuvlarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

✨ Shuningdek, yoshlarning ta’lim, sport, madaniyat, bandlik va tadbirkorlik yo‘nalishlaridagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda Kengash faoliyatida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi.

🗣 Tadbirda yoshlar tomonidan bildirilgan fikr va tashabbuslarni amaliyotga joriy etish, ularning muammolarini hal etishda deputatlar va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

🧠 Uchrashuv yakunida Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarning jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash hamda ularning manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan kelishib olindi.

Slide 1 of 6