35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
#tavsiyalar_asosida
#tavsiyalar_asosida
Zirobod mahallasida Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati G. Ibragimovning fuqarolar bilan uchrashuvi samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tdi.
Sayyor qabul davomida mahalla aholisining kundalik hayotiga daxldor bo‘lgan masalalar muhokama qilinib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Fuqarolar tomonidan yo‘llarni ta’mirlash, hudud obodonchiligi, kommunal xizmatlar sifati hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Deputat har bir murojaatga alohida e’tibor qaratib, ko‘tarilgan masalalarning yechimi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishini ta’kidladi. Ayrim muammolar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar tegishli tartibda nazoratga olindi.

Bunday uchrashuvlar aholi va deputat o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, fuqarolarni o‘ylantirayotgan masalalarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish hamda ularning yechimini topishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zirobod mahallasi aholisining faolligi va bildirilgan takliflari hudud rivojiga xizmat qiladigan tashabbuslarni shakllantirishda muhim omil bo‘ldi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 4