35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
“Turizm to‘g‘risida”gi Qonun haqida qisqacha ma’lumot.

O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi Qonuni 2019-yil 18-iyulda qabul qilingan bo‘lib, mazkur Qonun turizm sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, turizm xizmatlari bozorini rivojlantirish hamda turistlar va turizm faoliyati subyektlarining huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.

Mazkur Qonunning asosiy maqsadi — O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatning turizm salohiyatidan samarali foydalanish, turizm infratuzilmasini takomillashtirish hamda ichki va xalqaro turizmni rivojlantirishdan iborat.

Qonunga muvofiq, turizm — jismoniy shaxsning doimiy yashash joyidan sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy, sport, diniy va boshqa maqsadlarda vaqtincha chiqishi bilan bog‘liq faoliyatdir.

Mazkur Qonunda:

turizm sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari;

turizm faoliyati subyektlarining huquq va majburiyatlari;

turistlarning huquqlari va xavfsizligini ta’minlash;

turistik xizmatlar ko‘rsatish tartibi;

turizm infratuzilmasini rivojlantirish masalalari belgilab qo‘yilgan.


Shuningdek, Qonunda turoperatorlar, турагentlar, joylashtirish vositalari, ekskursiya faoliyati subyektlari va boshqa turizm tashkilotlarining faoliyati huquqiy jihatdan tartibga solingan.

Mazkur hujjatda turistlarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki xavfsizligini ta’minlash, ularga sifatli xizmat ko‘rsatish hamda turistik mahsulotlar to‘g‘risida ishonchli axborot taqdim etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Qonunda ichki turizm, kirish turizmi va chiqish turizmini rivojlantirish, turizm sohasiga investitsiyalar jalb etish, tarixiy-madaniy meros obyektlarini asrab-avaylash hamda turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha muhim normalar ham nazarda tutilgan.

“Turizm to‘g‘risida”gi Qonun O‘zbekistonning xalqaro turizm bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, hududlarning iqtisodiy rivojlanishini rag‘batlantirish hamda mamlakatning turistik jozibadorligini yuksaltirishga xizmat qiluvchi muhim normativ-huquqiy hujjatlardan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 1