35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA — DEPUTATLAR NAZORATIDA

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Akmal Qurbonov boshchiligida deputatlar hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari ishtirokida Vobkent tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimida oʻrganish ishlari olib borildi.

🔍 Oʻrganishlar xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan “Vobkent tumani mahalliy byudjetining 2026-yil I chorak ijrosi hamda daromadlar va xarajatlar rejasiga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan tashkil etildi.

📁 Jarayonda Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiq, mahalliy byudjet ijrosi hisobotlarini xalq deputatlari Kengashlari tomonidan har chorakda koʻrib chiqish va tasdiqlash tartibi muhokama qilindi.

📈 Maʼlum qilinishicha, 2026-yilning I choragi yakunlariga koʻra, Vobkent tumani mahalliy byudjeti daromadlari 35,3 mlrd soʻmni tashkil etib, reja 117,7 foizga bajarilgan.

💰 Hisobot davrida mahalliy byudjet xarajatlari jami 41,4 mlrd soʻmni tashkil etgan boʻlib, shundan 21,5 mlrd soʻm yoki 52,1 foizi ijtimoiy soha xarajatlariga yoʻnaltirilgan.

🏠 Shuningdek, byudjet ijrosi jarayonida joriy yil I chorak daromadlar prognoz koʻrsatkichlari hamda xarajatlar rejasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish masalalari ham atroflicha koʻrib chiqildi.

🗳 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli yigʻilish bayonnomasi ijrosini taʼminlash maqsadida mahalliy byudjetlardagi past samarali xarajatlarni maqbullashtirish hamda byudjet tashkilotlarining ish haqi va ijtimoiy soliq toʻlovlari boʻyicha kutilayotgan xarajatlarini qoplash choralari belgilab olindi.

✔️ Oʻrganish yakunida mazkur masalalarni xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida atroflicha muhokama qilish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 6