35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Kengash_faoliyati

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 2026-yil
11-martdagi VII-19-21-8-211-K/26-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A. Pardayev tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida tuman hokimining o‘rinbosari U. Qulmamatov tomonidan yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, tadbirkorlikka jalb qilish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, tumandagi yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, sport va madaniy tadbirlarga keng jalb etish, “Yoshlar daftari” orqali ko‘makka muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilgani qayd etildi.

Shuningdek, hududlarda yoshlar bilan manzilli ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Yoshlar manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash hamda kelajakka ishonchini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1