35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
OʻzLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-iyundagi “Mahallalarni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-234-sonli qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

📣Dastlab, mazkur masala boʻyicha deputatlik guruhi tomonidan olib borilgan oʻrganishlar yakuni yuzasidan axborot tinglandi. Shuningdek, Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasining Vobkent tumani boʻlimi rahbari tomonidan qaror ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar, mahallalarni obodonlashtirish, hududlarni koʻkalamzorlashtirish hamda aholi uchun qulay muhit yaratish boʻyicha olib borilayotgan ishlar haqida hisobot berildi.

🌿Yigʻilish davomida deputatlar tomonidan ayrim mahallalarda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxt va gul koʻchatlari parvarishini kuchaytirish, ichki yoʻllar va jamoat joylari holatini yaxshilash yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

📌Shuningdek, qaror ijrosini tizimli nazorat qilish, aholi ishtirokini kengaytirish hamda mahallalar qiyofasini yanada yaxshilash boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.

✔️ Yigʻilish yakunida masʼul tashkilotlarga tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 8