35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
DEPUTATLIK NAZORATI

Oʻrganish jarayonida kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda ularni oʻz vaqtida yetkazib berish tizimi, murojaatlar bilan ishlash sifati, ehtiyojmand fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha koʻzdan kechirildi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoiti, ularning kundalik muammolari va ehtiyojlari yuzasidan fuqarolar bilan bevosita suhbat oʻtkazildi.

➡️Muloqot davomida aholining fikr va takliflari tinglanib, mavjud muammolarni tizimli hal etish, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda aholining davlat tomonidan berilayotgan yordam va imtiyozlardan toʻlaqonli foydalanishini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

✔️Taʼkidlanganidek, joylarda olib borilayotgan bunday oʻrganishlar aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda fuqarolarning davlat idoralariga boʻlgan ishonchini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3