35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputatlari Mirzoxid Halimov saylov okrugidagi 13-oilaviy poliklinika faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida ushbu tibbiyot muassasasida boʻldi.

Oʻrganish jarayonida poliklinikada aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiyot xodimlarining malakasi va xizmat koʻrsatish madaniyati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, aholiga bepul taqdim etilishi belgilangan dori-darmon vositalarining mavjudligi, ularning oʻz vaqtida va maqsadli yetkazib berilishi hamda taqsimlanish holati alohida eʼtibor markazida boʻldi.

Shu bilan birga, qoʻshimcha oʻrganishni talab etadigan hamda tizimli choralar koʻrishni taqozo etadigan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlariga deputatlik soʻrovlari yuborish belgilandi. Mazkur yoʻnalishda olib borilayotgan ishlar ustidan doimiy deputatlik nazorati oʻrnatilishi taʼkidlandi.

Mazkur oʻrganish tadbiri sogʻliqni saqlash tizimida aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, fuqarolarning tibbiy xizmatlardan qoniqish darajasini yaxshilash hamda mavjud muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etishga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 6