Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
“Xumdonak” mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 23-Ko‘liyon saylov okrugidan saylangan deputat U.Ro‘ziyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov va bosh mutaxassis R.Murodovlar hamkorligida “Xumdonak” mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
✔️O‘rganish jarayonida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, yoshlar va ayollar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
✔️Shuningdek, mahallada “Ayollar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlar, muammoli oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatish hamda ularning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✔️Mutasaddilar tomonidan xotin-qizlar faoli faoliyatida uchrayotgan ayrim muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar bildirilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
✔️Ta’kidlanganidek, mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda muammolarini manzilli hal etish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5