Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ногиронлиги бўлган фуқаролар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Аҳоли саломатлиги — доимий эътибор марказида
янв.21
ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ
янв.21
Халқ депутатлари Конимех туман Кенгаши котибиятида янги ҳафта давомида амалга ошириладиган устувор вазифалар ва режалаштирилган ишлар муҳокамасига бағишланган йиғилиш ўтказилди.
янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
Uchtepa tumanida elektr ta’minoti masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

📍 Uchtepa tumanida elektr ta’minoti masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi “Hamdo‘st”, “Nurobod”, “Qo‘rg‘ontepa”, “Tepaqo‘rg‘on”, “Xuroson”, “Zargarlik”, “Vatanparvar”, “Vatan” hamda “Shirin” mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar va fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida hududdagi elektr ta’minoti tizimi holati yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

🔎 Mazkur murojaatlar asosida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sobirxonov Akbarxon Aziz o‘g‘li tomonidan Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasiga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

📝 Jumladan, yuqorida qayd etilgan mahallalarda elektr ta’minoti tarmoqlarining kuz-qish mavsumidan keyingi holatini atroflicha o‘rganish, aholiga elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish zarurligi qayd etildi.

📂 Shuningdek, fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish zarurligi ta’kidlandi.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilot tomonidan o‘rganish o‘tkazilib, amalga oshiriladigan ishlar hamda ularning natijalari bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yildi. Mazkur masalalar deputat tomonidan nazoratga olingan.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 1