Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
O'rganish

Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi deputati A.Hamidov tomonidan “Altintau” OFYda mahalla yettiligi hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida aholi bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.

 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar, xususan, bandlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, infratuzilma, kommunal xizmatlar sifati hamda boshqa hayotiy muammolar atroflicha muhokama qilindi. Har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan tezkor choralar belgilandi.

Shuningdek, murakkabroq yechim talab etuvchi murojaatlar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi. Mas’ul rahbarlarga aniq vazifalar yuklatilib, bajarilish muddatlari belgilab berildi.

 Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalarni bevosita deputatga yetkazish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu esa aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Ta’kidlanganidek, bunday ochiq muloqotlar joylarda mavjud muammolarni aniqlash va ularni tizimli hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar doimiy deputat nazoratida bo‘lib, fuqarolar manfaatlarini ta’minlash, ularning turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3