Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Deputat tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A. Ahmedov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-martdagi 528-sonli “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman “Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika”da tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir davomida mazkur qonun talablarini amaliyotga joriy etish, sohada mavjud vazifalar hamda ularni amalga oshirish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, poliklinika mutaxassislari tomonidan 3–18 yoshdagi bolalar o‘rtasida olib borilayotgan gematoonkologik skrining natijalari yuzasidan ma’lumot berildi. Jumladan, 3300 nafar bola skriningdan o‘tkazilgan bo‘lib, bu umumiy rejaning (8952 nafar) 37,2 foizini tashkil etadi. O‘rganishlar davomida 3 nafar bemor aniqlangan.

Mazkur skrining jarayonlari tumandagi Sarimoy, Tuproqqal’a, Oxunboboyev, Shayxlar oilaviy shifokorlik punktlari hamda ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaning Sayopir filialida ham davom etmoqda.

Davra suhbati davomida deputat tomonidan qonun ijrosini ta’minlashda yuzaga kelayotgan ayrim muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.

Slide 1 of 1