Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгаши котибияти мудири Ж.Ҳамроев ҳамда вилоят Кенгаши депутати Б.Жалолов Конимех тумани тиббиёт бирлашмасида бўлиб, аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматлар сифати юзасидан амалий ўрганишлар олиб бордилар.
янв.21
Туман Кенгашида кунлик ва ҳафталик вазифалар ижроси муҳокама қилинди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
#JARAYON
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman deputati E.Erkaboyev tashabbusi bilan Boyovut tumani ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchi-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirga Boyovut tumani adliya bo‘limi xodimlari taklif etilib, ochiq va samimiy ruhda muloqot olib borildi.

Uchrashuv davomida adliya sohasidagi so‘nggi islohotlar, amaldagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar, davlatimiz tomonidan yoshlarga ta’lim va ijtimoiy himoya yo‘nalishida yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida ham mazmunli suhbat tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, ularga batafsil va asosli javoblar oldilar.

Mazkur uchrashuv yoshlar uchun nafaqat muhim bilim manbai, balki ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Bunday tadbirlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5