📄 Qaror mazmuni:
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 2026-yil 28-apreldagi qaroriga muvofiq, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi.
🏙 Asosiy yo‘nalishlar:
Aholi xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini mustahkamlash hamda qulay yashash muhitini yaratish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirilishi belgilandi:
🔹 Videokuzatuv tizimlarini o‘rnatish
🔹 Tungi yoritish infratuzilmasini yaxshilash
🔹 Domofon tizimlarini joriy etish
🔹 “Namunaviy xavfsiz ko‘cha” loyihasini amalga oshirish
🔹 “Namunaviy xavfsiz uy” loyihasini joriy etish
💰 Mablag‘lar taqsimoti:
Ushbu yo‘nalishlar uchun jami 765,0 mln so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi.
📊 Ijro va nazorat:
Ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish hamda ijro nazoratini ta’minlash bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.