#96_Qonun
O‘RQ-668-sonli Qonun
“Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”
🤔 Mazkur qonun madaniy faoliyatni amalga oshirishning huquqiy asoslarini belgilab, madaniyat tashkilotlarining faoliyatini tartibga solishga xizmat qiladi. Unda madaniyat sohasini rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda keng targ‘ib etishning muhim yo‘nalishlari belgilab berilgan.
✍️ Qonun asosida madaniyat muassasalarining samarali faoliyat yuritishi, aholiga sifatli madaniy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijodiy jarayonlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi yanada takomillashtiriladi.
🌀 Shuningdek, hujjatda madaniyat tashkilotlarining huquq va majburiyatlari, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda sohada ochiqlik va samaradorlikni ta’minlash masalalari o‘z aksini topgan.