Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2026 йил 3 мартдаги ПФ–33-сонли Фармони ижросини таъминлаш мақсадида Конимех туманида маҳалла раислари учун ўқув-семинар ташкил этилди.
янв.21
📌Конимех туманида аҳолини коммунал хизматлар билан таъминлаш масалалари депутат назоратида
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING YIGIRMA UCHINCHI SESSIYASI BO'LIB O'TDI
янв.21
Депутат маданият маркази ва кутубхона фаолияти билан танишди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
13-Кўкча сайлов округида амалий ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Сессияси муҳокамасига соҳага оид долзарб масалаларни киритиш юзасидан фикр алмашилди.
янв.21
Депутат томонидан ҳудудда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi boshchiligida deputatlik vakolati muddatidan oldin tugagan hamda ayni vaqtda okrug deputati mavjud bo'lmagan mahallalarda o‘rganish ishlari amalga oshirildi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi boshchiligida deputatlik vakolati muddatidan oldin tugagan hamda ayni vaqtda okrug deputati mavjud bo'lmagan mahallalarda o‘rganish ishlari amalga oshirildi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva, kotibiyat mudiri D.Raxmatullayev va kotibiyat bosh mutahassisi U.Shopotixov tomonidan deputati mavjud bo'lmagan  "Shifikorlar" va "Jiydali" mahallalarida mavjud muammolar hamda aholini qiynab kelayotgan masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Ushbu o'rganish natijasida, bir qator masalalar yuzaga chiqqan bo'lib, ularga yechim topish uchun tegishli idoralar bilan hamkorlikda ish olib borish rejalashtirildi.

Xususan, hududda qurib qolgan daraxtlarni kesish va yangilarini ekish, mahalla hududini obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, ichki yo‘laklarni tartibga keltirish masalalari bo‘yicha bir qator taklif va murojaatlar tinglandi. 

Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berildi hamda mazkur masalalarni bosqichma-bosqich ijobiy hal etish choralarini ko‘rish yuzasidan nazoratga olindi.

Slide 1 of 10