Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2026 йил 3 мартдаги ПФ–33-сонли Фармони ижросини таъминлаш мақсадида Конимех туманида маҳалла раислари учун ўқув-семинар ташкил этилди.
янв.21
📌Конимех туманида аҳолини коммунал хизматлар билан таъминлаш масалалари депутат назоратида
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING YIGIRMA UCHINCHI SESSIYASI BO'LIB O'TDI
янв.21
Депутат маданият маркази ва кутубхона фаолияти билан танишди
янв.21
13-Кўкча сайлов округида амалий ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Сессияси муҳокамасига соҳага оид долзарб масалаларни киритиш юзасидан фикр алмашилди.
янв.21
Депутат томонидан ҳудудда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining VII chaqiriq 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining VII chaqiriq 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Kengash sessiyasida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlari, tuman tegishli tashkilotlari rahbarlari, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati A.Pardayev, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari E.Eshonqulov, B.Qurbonovlar ishtirok etishdi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan muhim masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi:

✅1-masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori hamda 2025-yil 18-martdagi “Respublikada kriminogen vaziyatni kundalik tahlil qilish faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-111-son qarorlari ijrosi yuzasidan 2026-yilning 1-choragi davomida tumanda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Bandixon tumani tuman prokurori Adliya kichik maslahatchisi B.X.Tashpulatovning axboroti to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Bandixon tuman prokurori adliya kichik maslahatchisi B.X.Toshpulatov

✅ 2-masala Tumanda jinoyatchilikka qarshi kurash, uning oldini olish, fuqarolar xavfsizligi va jamoat tartibini saqlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Bandixon tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik J.M.To‘rayev

✅3-masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekabrdagi PQ-438-son qarori ijrosi yuzasidan tumanda 2026-yilning I choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. Ma’ruzachi:tuman hokimining o‘rinbosari D.Musurmonov

✅4-masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosi to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Bandixon tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori v.v.b A.Mamatov

✅5-masala 2026 yil 1 chorak yakunlariga ko‘ra jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar to‘g‘risida tuman Iqtisodiyot va moliya bo'limi 1-o'rinbosari I.Jonqobilovning hisobotini tasdiqlash haqida.

Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi.

✅ 6-masala Bandixon tumanida “Tashabbusli budjet” jarayoning 2026-yil 1-mavsum yakunlariga ko‘ra Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati tashabbusiga asosan qo‘shimcha tarzda “Openbudjet.uz” axborot portali orqali g‘olib deb topilgan loyihaga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida tuman Iqtisodiyot va moliya bo'limi 1-o'rinbosari I.Jonqobilovning hisobotini tasdiqlash haqida.

Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi.

✅7-masala Deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlarini ko‘rib chiqish yuzasidan Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudri A.Pardayevning axboroti to‘g‘risida.

Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi.

✅ Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 13