Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2026 йил 3 мартдаги ПФ–33-сонли Фармони ижросини таъминлаш мақсадида Конимех туманида маҳалла раислари учун ўқув-семинар ташкил этилди.
янв.21
📌Конимех туманида аҳолини коммунал хизматлар билан таъминлаш масалалари депутат назоратида
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING YIGIRMA UCHINCHI SESSIYASI BO'LIB O'TDI
янв.21
Депутат маданият маркази ва кутубхона фаолияти билан танишди
янв.21
13-Кўкча сайлов округида амалий ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Сессияси муҳокамасига соҳага оид долзарб масалаларни киритиш юзасидан фикр алмашилди.
янв.21
Депутат томонидан ҳудудда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
Guliston MFY hokim yordamchisi faoliyati belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan o‘rganildi.

Guliston MFY hokim yordamchisi faoliyati belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan o‘rganildi. 

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Murodov tomonidan shahardagi “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisining ish faoliyati va ish yuritish hujjatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi. 

O‘rganish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida olib borildi. 

Jumladan, hokim yordamchisi tomonidan hududda aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, oilaviy va kichik biznesni rivojlantirish, tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish, shuningdek, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. 

Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan yuritilayotgan ish rejalari, hisobotlar, tegishli daftar va ro‘yxatlar, aholi bandligi, tadbirkorlik, daromad manbalarini shakllantirish, kambag‘allikni qisqartirishga oid ma’lumotlar, shuningdek, fuqarolar murojaatlari va ularning ijrosi bo‘yicha hujjatlar ham batafsil o‘rganildi.

O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, hududdagi mavjud muammo va kamchiliklar, aholini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining amaldagi holati hamda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tegishli tahlillar olib borildi. 

Shu bilan birga, hokim yordamchisi faoliyatini yanada takomillashtirish, ish yuritish hujjatlarini belgilangan tartibda shakllantirish, aholining ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, fuqarolar bilan manzilli ishlash tizimini kuchaytirish hamda aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. 

Joylarda bu kabi o‘rganishlarning olib borilishi Prezident qarorlarida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, hududlarda ishlar samaradorligini oshirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3