Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2026 йил 3 мартдаги ПФ–33-сонли Фармони ижросини таъминлаш мақсадида Конимех туманида маҳалла раислари учун ўқув-семинар ташкил этилди.
янв.21
📌Конимех туманида аҳолини коммунал хизматлар билан таъминлаш масалалари депутат назоратида
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING YIGIRMA UCHINCHI SESSIYASI BO'LIB O'TDI
янв.21
Депутат маданият маркази ва кутубхона фаолияти билан танишди
янв.21
13-Кўкча сайлов округида амалий ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Сессияси муҳокамасига соҳага оид долзарб масалаларни киритиш юзасидан фикр алмашилди.
янв.21
Депутат томонидан ҳудудда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
"PAYSHANBA YOSHLAR KUNI"

"PAYSHANBA YOSHLAR KUNI"

Muhtaram Yurtboshimiz tashabbusi bilan haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangan.

Bugun mazkur kun doirasida Navoiy shahar hokimi,Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Dilmurod Ergashev ilk manzil sifatida shahrimizdagi "Parmanov EDU" o'quv markazida bo'lib, ustozlar va markazda tahsil olayotgan o'quvchi yoshlar bilan uchrashuv o'tkazdi. 

✅Ayni paytda mazkur o‘quv markazida 950 dan ortiq o‘quvchi ta’lim olmoqda. Asosiy yo‘nalish – tibbiyot, ya’ni oq xalatli kelajak egalari bu yerda zamonaviy usulda, yuqori sifatli bilim olishmoqda.

🎓Bu markazni boshqalardan ajratib turadigan asosiy ustunlik shuki – BIOLOGIYA  darslari yagona ustoz, Husniddin Parmanov tomonidan o‘qitiladi. Ya’ni, bu yerda “shogirdlar orqali dars” usuli yo‘q, faqat haqiqiy ustoz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sifatli ta’lim mavjud.

✅Joriy yilda ushbu o'quv markazida tahsil olayotgan o'quvchilar Biologiya , ona tili, tarix, kimyo va matematika fanlaridan 500+ milliy sertifikatini qo'lga kiritishdi.189 ball olgan o'quvchilar soni 30 ga yaqinlashdi.

✅Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati o'quvchi yoshlar bilan suhbatlashib, ularning qiziqishlari, fikr va tashabbuslari hamda kelgusi rejalari bilan tanishdi.

✅ Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati yoshlarning har qanday tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashini bildirib, ularga kelgusida oliy ta'lim muassasasi talabalari bo'lib, yurtimizga kerakli va yetuk kadrlar bo'lishlarida omad va zafarlar tiladi. 

 

Slide 1 of 10