Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M.Ergashova o‘z saylov okrugidagi fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini qiynayotgan muammolar hamda ularning yechimlari muhokama qilindi.

Saylovchilar tomonidan yo‘l infratuzilmasi, ichimlik suvi ta’minoti, bandlik, kommunal xizmatlar sifati va yoshlar masalalariga oid bir qator murojaatlar bildirildi.

 Deputat har bir masalani atroflicha tinglab, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni hal etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

 Shuningdek, deputat tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berilib, kelgusidagi rejalari haqida ham ma’lumot taqdim etildi. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tdi.

Slide 1 of 3