G‘ozg‘on shahar politexnikumi faoliyati deputat tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘quv jarayoni, moddiy-texnik baza, laboratoriya va ustaxonalarning holati ko‘zdan kechirildi.
Ta’lim sifati, o‘qituvchilarning malakasi hamda talabalar davomatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, amaliyot jarayoni va bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanish ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.
O‘rganish natijasida texnikum faoliyati qoniqarli deb baholanib, jihozlarni yangilash va amaliyot bazasini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.