Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2026 йил 3 мартдаги ПФ–33-сонли Фармони ижросини таъминлаш мақсадида Конимех туманида маҳалла раислари учун ўқув-семинар ташкил этилди.
янв.21
📌Конимех туманида аҳолини коммунал хизматлар билан таъминлаш масалалари депутат назоратида
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING YIGIRMA UCHINCHI SESSIYASI BO'LIB O'TDI
янв.21
Депутат маданият маркази ва кутубхона фаолияти билан танишди
янв.21
13-Кўкча сайлов округида амалий ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Сессияси муҳокамасига соҳага оид долзарб масалаларни киритиш юзасидан фикр алмашилди.
янв.21
Депутат томонидан ҳудудда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugidan saylangan deputati Irisov Saloxiddin Xolmanovich tomonidan “Mehnatobod” mahalla fuqarolar yig‘inida deputatlik nazorati tadbirlari o‘tkazildi. Jumladan, aholining bandligini ta’minlash, kambag‘allikdan chiqarish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolarning ehtiyojlari, ularning daromad manbalarini kengaytirish, bandligini ta’minlash hamda iqtisodiy faolligini oshirishga doir takliflari tinglandi. Shuningdek, mahalla hududida mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari, kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatlari, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun ajratilayotgan subsidiya va imtiyozli kreditlarni ajratish jarayonlari yuzasidan mas’ul tashkilot va xizmatlar rahbarlaridan tegishli ma’lumotlar olindi.

Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-6-V-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi. Qarorda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, daromad manbalarini ko‘paytirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining samaradorligini baholashga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni hal etish, aholi ehtiyojlariga mos manzilli yordamlarni kengaytirish hamda mahallada iqtisodiy faollikni oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4