Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"NAVRO'Z" MAHALLASIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O'TKAZILDI
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
TUMAN HOKIMINING AHOLI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATNOMASI - TUMAN RIVOJI YO'LIDA MUHIM QADAM
янв.21
MAQOLA
янв.21
МАҲАЛЛАДА МУРОЖААТНОМА ТАРҒИБОТИ: АҲОЛИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI DEPUTATI - TUMAN HOKIMI R.RO'ZIYEVNING AHOLI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATNOMASI - TUMAN RIVOJI YO'LIDA MUHIM QADAM
янв.21
Семинар-йиғилиш бўлиб ўтди
янв.21
Targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
“Ажрим ёқасидаги оилалар тақдири – эътибор марказида”
янв.21
ДЕПУТАТЛАР САЙЁР ЎРГАНИШДА
Zarbdor tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi

Zarbdor tumanining Andijon mahallasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul tashkil etildi. Tadbirda fuqarolarning turli yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglanib, ularning muammolarini hal etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi.
Qabul davomida yer va mulk masalalari, sud qarorlarining ijrosi, huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirish kabi mavzularda murojaatlar qabul qilindi. Ayrim masalalar joyning o‘zida hal qilindi, qolgan murojaatlar bo‘yicha esa tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Tuman prokurori Prezidentning PQ–1-son qarori — “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi. Shuningdek, mahallalarda tinchlik, osoyishtalik va huquqiy tartibotni mustahkamlashga qaratilgan vazifalar alohida ta’kidlandi.
Sayyor qabulda 16-Andijon saylov okrugi deputati Ko‘chiboyev Dilshod ham ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularni hal etish bo‘yicha mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda zarur chora-tadbirlar belgilanishiga ko‘mak berdi.
Ushbu sayyor qabul fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini oshirish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida va joyida ko‘rib chiqish imkonini yaratdi. 

Slide 1 of 3