Mazkur mahallada 3065 nafar aholi 732 ta xonadonda istiqomat qiladi. Tanzila Kamalovna mahalla yettiligi bilan jinoyatchiliklar profilaktikasi, aholi bandligini ta’minlash masalalari, umumiy vaziyat to‘g‘risida fikrlashib, fuqarolarning davlat idoralariga ishonchini mustahkamlash, odamlarni rozi qilishga qaratilgan vazifalarni belgilab berdi.