Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Maktab ta’limida islohotlar:

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2025- yilning 15 may kuni bo‘lib o‘tgan “Maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini
oshirish hamda kelgusi ustuvor vazifalar”ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida mahalliy Kengashlar deputatlariga ham bir qator muhim vazifalar yuklatildi.
Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyati Konimex tumanidagi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, tumandagi 1 2-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurilib, aholining ta’limdan roziligi, ta’lim sifati, o‘quvchilarning davomati, yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud muammo va kamchiliklar o‘rganildi. Bu kabi amaliy o‘rganishlar kelgusida ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 1