Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TAHLIL VA NAZORAT.
янв.21
AHOLI BANDLIGI MASALASI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
янв.21
PARTIYA TASHABBUSLARI VA DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI — AMALIY YONDASHUV ASOSIDA
янв.21
DEPUTATLAR VA "MAHALLA YETTILIGI", TUMAN HOKIMLIGI MA'SULLARI HAMKORLIGIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va fuqarolar uchrashuvi: muammolar o‘rganilib, yechimlar belgilandi
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Hudud taraqqiyoti va obod mahalla — xalq manfaatlari yo‘lida!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
1-Maktabdagi ta’lim sharoitlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Farg‘ona viloyat partiya tashkiloti raisi o‘rinbosarlari Sh.Karichayev, Sh.Mamatboyeva 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, pedagoglar faoliyati uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda o‘quvchilar ta’lim olishi uchun mavjud imkoniyatlarni o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida maktab direktori M.Abdurahimova hamrohligida ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi, o‘quv xonalari, mavjud sharoitlar va ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 1-fevraldagi O‘RQ-901-son “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida olib borildi. Ushbu Qonun 2024-yil 1-fevraldan kuchga kirgan bo‘lib, pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari va kasbiy faoliyatining asosiy kafolatlarini belgilaydi.

Qonunning 5-moddasida ish beruvchi pedagogning o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi belgilangan. Shuningdek, pedagogning kasbiy faoliyatiga asossiz aralashish, uni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish, xizmat vazifalariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni talab qilish kabi holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi nazarda tutilgan.

O‘rganish davomida maktabdagi mavjud holatga alohida e’tibor qaratilishiga sabab bo‘lgan jihati o‘quvchilar sonining belgilangan quvvatdan sezilarli darajada yuqoriligi bo‘ldi. Jumladan, 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1 150 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, ayni vaqtda bu yerda 2 100 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

Bunday holat ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilar uchun yetarli va qulay sharoit yaratish, shuningdek pedagoglarning kasbiy faoliyatini belgilangan talablar asosida olib borish masalalariga yanada e'tiborli yondashishni talab etadi.

O‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan tegishli masalalarni muhokama qilish, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralarni belgilash hamda ta’lim muassasasidagi sharoitlarni yaxshilash masalalarini deputatlik nazorati doirasida davom ettirish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 7