Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TAHLIL VA NAZORAT.
янв.21
AHOLI BANDLIGI MASALASI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
янв.21
PARTIYA TASHABBUSLARI VA DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI — AMALIY YONDASHUV ASOSIDA
янв.21
DEPUTATLAR VA "MAHALLA YETTILIGI", TUMAN HOKIMLIGI MA'SULLARI HAMKORLIGIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va fuqarolar uchrashuvi: muammolar o‘rganilib, yechimlar belgilandi
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Hudud taraqqiyoti va obod mahalla — xalq manfaatlari yo‘lida!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
AHOLI BANDLIGI MASALASI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.

AHOLI BANDLIGI MASALASI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.

Tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Djurayev, tuman kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo'limi ma'sullari, bank raxbarlari, viloyat Kengashi deputati U.Julbulov bilan hamkorlikda Ko‘kdala mahallasida istiqomat qiluvchi Rahimqulov Zohid Saparovich xonadoniga borib oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, daromad manbalari hamda bandlik holati o‘rganildi.

O'rganish davomida oila a’zosi Taniberdieva Gulhayo bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, oila daromadlarini ko‘paytirish va yangi daromad manbalarini yaratish bo‘yicha fikr almashildi.

O‘rganish natijasida xonadonda mavjud yer maydoni va imkoniyatlardan unumli foydalangan holda issiqxona (parnik) tashkil etish tavsiya qilindi. Issiqxonada mavsumiy sabzavot mahsulotlari hamda turli xil ko‘chatlar yetishtirish orqali qo‘shimcha daromad manbaini yaratish, oila a’zolarining doimiy bandligini ta’minlash va xonadonning iqtisodiy holatini yaxshilash imkoniyatlari tushuntirildi. 

Slide 1 of 3