Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TAHLIL VA NAZORAT.
янв.21
AHOLI BANDLIGI MASALASI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
янв.21
PARTIYA TASHABBUSLARI VA DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI — AMALIY YONDASHUV ASOSIDA
янв.21
DEPUTATLAR VA "MAHALLA YETTILIGI", TUMAN HOKIMLIGI MA'SULLARI HAMKORLIGIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va fuqarolar uchrashuvi: muammolar o‘rganilib, yechimlar belgilandi
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Hudud taraqqiyoti va obod mahalla — xalq manfaatlari yo‘lida!
янв.21
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
KUTUBXONA FAOLIYATI VA ADABIYOTLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI
AJRATILGAN MABLAG‘LARDAN MAQSADLI VA SAMARALI FOYDALANISH — DEPUTAT NAZORATIDA

#Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #Kotibiyat_hududlarda #ekspert_guruhlari #haftalik_ish_reja_ijrosi

AJRATILGAN MABLAG‘LARDAN MAQSADLI VA SAMARALI FOYDALANISH — DEPUTAT NAZORATIDA

💹 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o'rinbosari Xalmatov Bobur Baxodirovich tomonidan Paxtakor mahallasi Ko‘k Yung‘ichka ko‘chasi orqali Kichik halqa yo‘ligacha yer ostidan o‘tkazilgan elektr tarmoqlarini asfalt qoplamasi bilan yopish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

📁 Mazkur ishlar Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 14-avgustdagi III-32-71-14-202-K/26-sonli qarori asosida ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilmoqda. Ushbu o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyaviy yo‘nalishi doirasida, Kengashning haftalik ish rejasi ijrosi hamda 19-1-modda talablari asosida amalga oshirildi.

⚠️ Joyiga chiqib o‘rganish jarayonida asfalt qoplamasi belgilangan talab darajasida yotqizilmagani, ayrim ishlar amaldagi me’yorlarga to‘liq muvofiq bajarilmagani hamda ajratilgan asfalt materiallarining belgilangan hudud va hajmda ishlatilishi yuzasidan kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.

🕯 Mazkur holat deputat tomonidan tanqidiy muhokama qilinib, mas’ullardan aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, ajratilgan mablag‘lardan faqat belgilangan maqsadlarda foydalanish hamda bajarilayotgan ishlar sifatini qat’iy nazoratga olish talab etildi.

📈 Shuningdek, tuman hokimining mas’ul o‘rinbosariga aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish va ularni bartaraf etish bo‘yicha ogohlantirish berildi. Ajratilgan mablag‘ — bu avvalo xalq mablag‘i. Uning maqsadsiz yoki sifatsiz ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi deputatlik nazoratining muhim vazifalaridan biridir.

💼 Mazkur doimiy komissiya yig'ilishida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati ishtirok etdilar.

Slide 1 of 6